​#KORONAVIRUS: “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti tomonidan aholiga tibbiy niqoblar tarqatish va targ‘ibot ishlari davom etmoqda
Muallif: Админ
Sana: 25.03.2020
308

Koronavirus infeksiyasini tezroq bartaraf qilish, karantin davrida xavfsizlikni hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida bilim yurtining asosiy kirish joylari qo‘llarni mikrob va viruslardan zararsizlantiruvchi antiseptik gel, quruq va nam salfetkalar bilan ta’minlanib, bilim yurti xodimlari mazkur vositalardan foydalangan holda kirishi yo‘lga qo‘yildi.
Bilim yurti hududidan o‘tuvchilarga Koronavirus infeksiyasidan saqlanish yo‘llari, shaxsiy himoya vositalarisiz yurmaslik, tozalikka doimiy e’tibor qaratish haqidagi targ‘ibot materiallari hamda tibbiy niqoblar tarqatildi.


Shuningdek, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Kitob tuman Kengashi bilan hamkorlikda Koronavirus infeksiyasidan saqlanish va uni oldini olish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Bilim yurti matbuot xizmati
Админ