​#KORONAVIRUS: XOJA BUXORIY O‘RTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTI TOMONIDAN AHOLIGA TIBBIY NIQOBLAR TARQATILMOQDA
Muallif: Админ
Sana: 23.03.2020
331

Mamlakatimiz bo‘ylab e’lon qilingan karantin bilan bog‘liq ayrim cheklovlarni to‘g‘ri tushunish hamda ularni buzmaslik barchamizning eng muhim vazifamiz sanaladi,
Shu bois, ushbu kasallik tufayli mamlakatimizda e’lon qilingan karantin holati aslida sizu-bizning, farzandlarimizning salomatligini muhofaza qilish uchun joriy etilganini teran his etgan holda, yanada jipslashib, ahil va hamjihat bo‘lib, bu murakkab sinovlarni yengib o‘tishimiz lozim.
Shundan kelib chiqib, “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri O‘. G‘uzarov boshchiligida Kitob dehqon bozorida aholiga tibbiy niqoblar tarqatmoqdalar. Shuningdek, Prezidentimizning koronovirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqimizga qilgan murojaati haqida kengroq tushunchalar berib bormoqdalar.

Bilim yurti matbuot xizmati

Админ