Muftiy hazrat Pokiston ulamolarini qabul qildi
Muallif: Админ
Sana: 04.03.2020
312

Muborak qadamjolarni ziyorat qilish, ulamolarimiz bilan suhbat qurish maqsadida yurtimizda bir necha kundan buyon mehmon bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasining bir guruh tariqatchilar delegatsiyasi Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanda ham ishtirok etmoqda.

Nufuzli anjuman doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ushbu delegatsiya rahbari, Pokistondagi naqshbandiya tariqatining yetakchisi Shayx Muhammad Naqibur-Rohman Naqshbandiy hazratlari bilan muloqot o‘tkazdilar.
Samimiy suhbat davomida Shayx Muhammad Naqibur-Rohman Naqshbandiy hazratlari yurtimiz haqidagi taassurolari bilan o‘rtoqlashdi: “O‘zbekiston zaminida turganimizdan nihoyatda mamnunmiz. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lganmiz. Ammo yurtingizga ilk tashrifimiz edi. Fayzli zaminga ilgariroq kelmaganimizdan taassufdamiz. Bu yerda muborak qadamjolarni ziyorat qilib, o‘zgacha shukuh va sokinlikoldik”.
Muftiy hazrat mehmonlarga safarlari xayrli va barakali bo‘lishini, ziyoratlari manfaatli bo‘lishini tiladilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Админ