Moturidiya ta’limotini o‘rganish bugun ham ahamiyatli
Muallif: Админ
Sana: 02.03.2020
268

3-5 mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli tadbirda dunyoning yigmirmaga yaqin mamlakatidan olimlar, diniy ulamolar ishtirok etmoqda. Muxbirimiz anjuman qatnashchilarining fikrlari bilan qiziqdi.
Ahmad Tamim, Ukraina bosh imom xatibi, muftiysi:

- Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro anjumanda ishtirok etish men uchun ulkan sharaf.

Samarqandning Moturid qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan bu buyuk imom hadis va fiqh ilmining ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan. Imom Moturidiy nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun islom olamida o‘z munosib o‘rniga ega bo‘lgan diniy arboblardan hisoblanadi. Chunki, alloma yashagan davrda, islom dinida turli guruh va firqalar soni ko‘payib ketganligi sababli ko‘plab ixtiloflar kelib chiqqan. Ana shunday vaziyatda Imom Moturidiy islom dinning asl mohiyatini ochib berish, sof islomiy aqidani saqlab qolish borasida beqiyos ishlarni amalga oshirgan.

Bu ilmiy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish bugungi kun uchun ham muhim ahamiyat kasb etib, mazkur konferensiya bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.


manba: O‘zA

Админ