​Yoshlar bilan ochiq muloqot
Muallif: Админ
Sana: 20.02.2020
343

2020 yil 20 fevral “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari uchun esda qolarli kun bo‘ldi. Shu kuni Qashqadaryo viloyati hokimining diniy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari I. Arziqulov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakili R. Usmonovlar bilim yurtiga tashrif buyurib, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Unda talaba yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Talabalarning dardi tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob berildi.
Uchrashuvda bugungi globallashuv davrida inson ongi va qalbi uchun jiddiy kurash ketayotganligi, turli manfaatlar to‘qnash kelgan va shunga xizmat qiladigan axborot xurujlari ko‘paygan bir sharoitda undan himoyalanishning birdan-bir yo‘li bu sog‘lom fikr yuritish, hamisha hushyor va ogoh bo‘lishlik ekani ta’kidlandi. Shuningdek bu borada mamlakatimizda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilib kelayotgani, diniy ta’lim sohasi tubdan isloh qilinib, yangi o‘quv dargohlari ochilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Ma’ruzachilar mamlakatimizda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati, islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati hamda islom dinida mutaassiblik va jaholatning qoralanishi borasida fikr mulohaza olib bordilar.

Bilim yurti matbuot xizmati

Админ