​Mo‘minning niyati
Muallif: Админ
Sana: 11.02.2020
44

Bandalarini ilm olishga buyurgan Alloh ta’ologa hamdu sanolar bo‘lsin. Butun ummatga ustoz bo‘lgan Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamga durudu-salomlar bo‘lsin.

Niyat har bir amal uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, hadisi sharifda:
عن بن عمرالخطاب رضي الله قال سمعت رسول الله صلي الله عليه و سلم يقول:إنما الأعمال بالنيات......
Umar ibn Xattob (r.a) dan rivoyat qilinadi : U kishi: “Men Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning “Albatta amallar niyatlarga bog‘liqdir… ”deganlarini eshittim, dedilar.Ulamolar ushbu hadis borasida:”Bu islomning madori bo‘lgan hadislardan biridir”, deb ta’rif berganlar.
Xar bir amalda, u xoh jismoniy amal bo‘lsin, xoh qalbiy amal bo‘lsin, niyat o‘sha amalning sharti hisoblanadi. Ya’ni, avvalo, Alloh ta’oloning roziligini talab qilish kerak bo‘ladi.
Ayniqsa, bu diniy bilim yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun juda ham muhimdir.Chunki bu ilmlarning barchasi oxiratga tegishlidir. Banda bir amalni qilganda riyo aralashib qolishi mumkin. Lekin niyat qilganda riyo aralashmaydi. Zero, niyatning badandagi o‘rni – bu qalbdir. Shuning uchun bu banda va robbisi o‘rtasidagi sirdir.
Kimki ushbu ilmlar sababli dunyo talab qiladigan bo‘lsa, oxirat saodatidan bebahra qolib ketadi. Ilm talabida yurgan inson, avvalo, nafsini g‘arazli maqsadlardan poklab olib, ruhiy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishi shart.
قال إبن عباس رضي الله عنه: إنما يعطى الرجل قدر نيته
Ibn Abbos (r.a): ”Kishiga niyyatining miqdoricha yaxshilik ato qilinadi” dedilar.
Avvalo, niyatini to‘g‘irlab olganidan so‘ng, ixlos borasida ham e’tiqodini mustahkamlab olish zarur. Ixlos borasida ulamolar turlicha ta’riflar berishgan.


الإخلاص تصفية العقل عن ملاحظة المخلقين
Ixlos bu-insonlarning mulohazasidan aqlni tozalashdir.
Fuzayl ibn Iyoz (r.a) Mulk surasidagi ushbu oyatni quyidagicha tafsir qilganlar:
ليبلوكم أيكم أحسن عملا
“…Sizlardan qay biringiz amalda yaxshiroq ekaningizni sinash uchun”
أي:أيكم أخلصه لله وأصوبه
Ya’ni: Qay biringiz Alloh uchun ixlosliroq va to‘g‘riroq amal qilishingizni bilish uchun...
Bundan ko‘rinadiki, amallarning qabul bo‘lishida 2 ta shart bor:
1) Xolis;
2) To‘g‘ri bo‘lishi darkor.
Xolis bo‘lishi kerak deganda, faqatgina, Alloh uchun bo‘lishi shart. To‘g‘ri bo‘lishi kerak deganda yesa, sunnatga muvofiqligi tushuniladi. Demak, bir amal xolis bo‘lsa-yu, lekin sunnatga muvofiq bo‘lmasa yoki buning aksi bo‘lsa, yoki amal sunnatga muvofiq bo‘lib, xolis bo‘lmasa, unday amal maqbul amallardan hisoblanmaydi.

Xo‘sh ixlosning alomatlari bormi? Uni qanday bilsa bo‘ladi?
Ixlosning alomatini ulamolar quyidagicha ta’riflaganlar:
1)Oshkora va sirriy holda, insonlarning oldida yoki uyda yolg‘iz holda amal bir xil bajarilsa, mana shu ixlosning alomatidir. Agar shunday bo‘lmasa bunday ixlos zaif ixlos hisoblanadi.
2)Maqtaganda ham yomonlaganda ham amalda o‘zgarish sodir bo‘lmasa, bu ham ixlosning alomatlaridan biri hisoblanadi. Agar bir kishi sizni amalingiz sabab maqtaganda, o‘sha amalni qoyilmaqom qilib bajarsangiz, yoki sizni o‘sha amal bilan maqtamaganda uni tark qilsangiz, bu ixlosning o‘ta zaifligidandir.
Niyatning sofligi, ixlos - bu Allohning sirlaridan bir sir hisoblanadi. Uni har qanday bandaga ham ato qilavermaydi. Balki, Alloh uni sevikli bandalarining qalblariga solib qo‘yadi. Junayd Bag‘dodiy (r.a) shunday deydilar: ”Ixlos bu Allohning sirlaridan bir sirdir. Uni yozib qo‘ymoqchi bo‘lgan farishta, buzmoqchii bo‘lgan shayton va og‘dirmoqchi bo‘lgan havoi nafs ham bilmaydi”.
Banda qachonki muroqabani o‘z hayotida tatbiq qilsagina barcha amallirada xuzur-halovatni topadi. Muroqoba degani banda xar bir xarokot-u sakonotida Alloh ko‘rib turibdiku, Yaratgan hamma narsani biluvchi zot deb ishonib, amal qilishdir. Agar mana shu darajaga ko‘tarilsa,u dunyo va oxiratda saodatga erishadi, in sha Alloh. Misol uchun, qur’on o‘qiydigan paytda :”Men Robbim bilan so‘zlashyapman, Robbimga munojot qilyapman”, deb niyat qilib tilovat qilishi lozim. Yoki, Hadisi sharifni mutola qilayotganda: ”Bu hadislarni Payg‘ambarimiz bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri menga aytyaptilar”deb.
Anas (r.a) dan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar:
عن أنس رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه و سلم قال:
إذا أحب أحدكم أن يحدث ربه فليقرأ القرآن.
“Agar sizlardan birortangiz Robbisi bilan so‘zlashishni yaxshi ko‘rsa, bas Qur’on o‘qisin“, dedilar.
Shuningdek, inson xar doim niyatini yangilab turishi ham kerak. Ya’ni, xar safar namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, xar doim men Robbimga munojot qilyapman, Robbim bilan muloqot qilyapman deb turishi zarur. Agar iml talabida yuradigan bo‘lsa, ya’ni biror bir madrasa yoki oliygohlarda ta’lim olsa, unda u Allohning yo‘lida yurganligini, farishtalar uning oyoqlari ostiga qanotlarini yoyib turganligini xis qilishi kerak.
Demak, xar bir amal niyatga boglik ekan, niyat xam ibodat xisoblanadi. Banda yaxshi niyatda bardavom búlar ekan, Allox uning yordamchisi búladi. Zero, amallar niyatga boglikdir.
Toʻxtayev Alibek

Админ