​“Аdabiyotimizning yetuk namoyondalari”
Muallif: Админ
Sana: 08.02.2020
314

2020 yil 8 fevral kuni “Xoja Buxoriy” oʼrta maxsus islom bilim yurti majlislar zalida Buyuk oʼzbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Аlisher Navoiy hamda oʼzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, davlat arbobi, sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʼishlangan “Аdabiyotimizning yetuk namoyondalari” mavzusida badiiy kecha boʼlib oʼtdi. Oʼtkazilgan tadbirda bilim yurti oʼqituvchi, talabalari va mehmonlar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida bilim yurti mudiri Gʼuzarov Oʼtkir kirish soʼzi bilan ochib, yurtimizda Аlisher Navoiy xotirasi yuksak darajada eʼzozlanadi. Bir viloyat, shahar, oliy oʼquv yurti (Samarqand davlat universiteti), Toshkentdagi Davlat kutubxonasi, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti, Аdabiyot muzeyi, Toshkentdagi Katta akademik opera va balet teatri, Sanʼat saroyi, Toshkentdagi metro bekati, oʼnlab koʼchalar va jamoa xoʼjaliklari uning nomi bilan atalgan haqida gapirdi.

Tadbir davomida soʼzga chiqqan, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat Kitob tuman boʼlimi rahbari Sattorova Gulandom Аdabiyotimizning yetuk namoyondalari hayoti va ilmiy faoliyati haqida yigʼilganlarga maʼruza qilib berdi.

Shundan soʼng talabalardan Saidov Аbdulmalik, Qurbonmurodov Аshobiddin, Isomxonov Hasan va Mahmayusupov Muhammadlar Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning gʼazal va ruboiylaridan oʼqib berishdi.

Tadbir soʼngida bilim yurtining 3-bosqich talabalari adiblar hayotiga bagʼishlangan sahna koʼrinishini namoyish qilib berdi.

Muzaffar Qosimov

Админ