Xoja Buxoriyda master klass o‘tkazildi
Muallif: Админ
Sana: 08.01.2020
142

O‘zbekiston musulmonlari idorasining 12.12.2019 yildagi 01A/194-sonli buyrug‘i hamda bilim yurtining 13.12.2019 yildagi 32-sonli buyrug‘iga asosan, “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida pedagog-o‘qituvchilar uchun 2019 yilning 23-28 dekabr kunlarida 24 soatga mo‘ljallangan “Kasbiy fanlarni o‘qitishda kasb ta’limi o‘qituvchisining kasbiy pedagogik faoliyati” mavzusida qisqa muddatli master klass o‘tkazildi. Ushbu master-klass mashg‘ulotlarini o‘quv ishlari va o‘quv uslubiy bo‘limi tomonidan o‘tkazilib, sog‘lom va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, uning yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqliqligini ifodalaydi.

Master klass mashg‘ulotlariga o‘qituvchining har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkurga ega, o‘z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim hamda malakalarni egallagan bo‘lishi, turli pedagogik vazifalarni tezda yechishi, vaziyatlarni sezishi, o‘rganishi va baholay olishi, pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng maqbul metodlarini tanlay olish qobiliyati kabi jihatlarga katta e’tibor qaratildi.

“Kasbiy fanlarni o‘qitishda kasb ta’limi o‘qituvchisining kasbiy pedagogik faoliyati” mavzusi slayd orqali taqdim etildi. Ushbu slaydda o‘z-o‘zini tayyorlash, o‘qituvchi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, pedagogik faoliyat turlari, kasbiy ta’lim o‘qituvchisining kasbiy layoqatliligi, shaxsning pedagogik madaniyati kasbiy pedagogik faoliyatining asosi, ta’lim jarayonini mohiyati va qonuniyatlari, ta’lim jarayonining vazifalari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining talablari, o‘qituvchiga zarur bo‘ladigan psixologik bilimlar, kasb ta’limi o‘qituvchisini chuqur bilimdonligi (kompetentligi) va sohasi (kompetensiyasi), o‘quv faoliyatining tuzilishi hamda pedagogik faoliyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini o‘z ichiga oldi.

Bundan tashqaribilim yurti mudarris –o‘qituvchilariga o‘quv jarayoniga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlari, o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini belgilash qoidalarini o‘z ichiga olgan “O‘qituvchining innavatsion faoliyati va zamonaviy ped-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

O‘quv yili davomida pedagoglarning bajarishi kerak bo‘lgan hisobot jurnalidagi o‘quv ishlari, o‘quv-metodik, ilmiy-metodik ishlari, tashkiliy –metodik va pedagogik ishlari hamda ma’naviy–ma’rifiy ishlarni bajarilish holatlariga yanada ahamiyat qaratilishi kerakliligi va ularni bajarish etaplari to‘g‘risida metodikko‘rsatmalar berildi.

O‘quv jarayoniga ilg‘or yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etish hamda interfaol usulda dars o‘tishga erishish bilan birgalikda yosh o‘qituvchilar bilan ishlash va murabbiychilik harakatini jadallashtirish, interfaol ta’lim tamoyillariga asoslangan holatda, ya’ni:

ØMashg‘ulot ma’ruza emas, jamoaning umumiy ishi ekanligi;
ØO‘quvchilar yosh, ijtimoiy mavqe va tajribaga ko‘ra tengligi;
ØHar bir o‘quvchi o‘rganilayotgan muammo yuzasidan o‘z fikrini aytish huquqiga ega ekanligi;
ØDars jarayonida o‘quvchi shaxsi tanqid qilinmasligi;
ØBildirilgan fikr va g‘oyalar o‘quvchilarning faoliyatini boshqarmaydi, balki fikrlash uchun axborot bo‘lib xizmat qilishliligi bo‘yicha uslubiy tushuncha va tavsiyalar berildi.
Umuman olganda, interfaol usullarning quyidagi maqsad va vazifalari:

O‘quvchilarni mustaqil, ijodiy, tanqidiy, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;
Muammoli vaziyatni amaliy va hayotiy topshiriqlar asosida yechish;
O‘z-o‘zini fikrlashga majbur etish;
Do‘stona munosabatlarni shakllantirish;
Faollashtirish;
O‘quvchilarni tashkilotchilik va yo‘naltiruvchanlikka undash asosida darsda e’tiborli bo‘lishliligini talab qiladi.
Bilim yurtidagi har bir pedagog o‘qituvchilarning me’yoriy hujjatlari uchun alohida ko‘rilib, ularning dars beradigan fanlari bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturida ko‘rsatilgan soatlarni ishchi o‘quv dasturlaridagi soatlar bilan taqqoslab, o‘rtasidagi farqlari tekshirildi. O‘qituvchilarning dars beradigan darsliklari O‘MI tomonidan berilgan o‘quv darsliklariga mos holatdaligi hamda dars davomida foydalanayotgan qo‘shimcha adabiyotlari ham ko‘rib chiqildi. Guruh jurnallari bo‘yicha dars mavzulari solishtirilib, kamchiliklari o‘zlari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi va uslubiy yordam ko‘rsatildi. Joriy o‘quv yili birinchi yarim yillik tugayotganligi munosabati bilan o‘qituvchilarning semestr davomida barcha meyo’riy hujjatlari ko‘rildi va ikkinchi yarim yillik bo‘yicha taqvimiy ish rejalar, dars jadvallari loyihalari tayyorlandi.


O‘quv seminari davomida o‘qituvchilarga ta’lim texnologiyalari modulining maqsad va vazifalari hamda mohiyati, ta’lim texnologiyalariga berilgan ta’riflarni qiyosiy baholash, ta’lim jarayoni tuzilmasining asosiy elementlari, ta’lim texnologiyalari turlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari, ta’lim texnologiyalari doirasida ta’limni tashkil etish shakllari, amalga oshirish metod va vositalarini tanlash hamda ta’lim jarayonini loyihalashtirish bosqichlari to‘g‘risida to‘liq va aniq ma’lumotlar berildi.

O‘tkazilgan qisqa muddatli seminar trening mashg‘ulotlari davomida foydalanilgan slaydlar o‘quv bo‘limning mudarris-o‘qituvchilariga o‘quv me’yoriy hujjatlarida va o‘quv amaliyotlarida foydalanishlariuchun elektron nusxalari berilib, uslubiy qo‘llanma sifatida chiqarib qo‘yildi.

N. Berdiyeva, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
Админ