Qur’on musobaqasining Qashqadaryo viloyat final bosqichi kuni aniq bo‘ldi
Muallif: Админ
Sana: 17.02.2018
1163

Joriy yilning 22 fevral (payshanba) kuni Qur’on musobaqasining viloyat final bosqichi Qarshi shahridagi “Baxtli oila” koshonasida ertalab soat 9:00 da boshlanadi. Mazkur final bosqichida g‘olib bo‘lgan qori va qoriyalarimizga Respublika bosqichiga qatnashishlari uchun oq fotiha beriladi. Unda shahar va tumanlararo o‘tkazilgan Qur’on musobaqasida g‘olib bo‘lgan 17 nafar qori va qoriyalar ishtirok etadi.

Bundan tashqari shu kunda “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti qori talabalari o‘rtasidagi Qur’on musobaqasi ham “Baxtli oila” koshonasida o‘tkaziladi.

Bizni kuzatishda davom eting, ushbu ikki musobaqani O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakilligining nasafziyo.uz sayti va “facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi nasafziyouz.qashqadaryo manzili hamda “telegram”da https://t.me/nasafziyo kanali orqali kuzatib borishlaringiz mumkin.

Qur’on musobaqasining viloyat final bosqichiga marhabo azizlar!

Manba: nasafziyo.uz

Админ