Yoshlar bilan uchrashuv
Muallif: Админ
Sana: 29.05.2018
1286

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda qator tadbir va loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 28 may kuni Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom bilim yurtiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Kengashi raisi Jasur Rasulov tashrif buyurib, avvalo barchani muborak Ramazon oyi bilan qutladi va yoshlar hayotiga daxldor, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bir qancha me’yoriy hujjat –qonunlar, Prezidentimiz farmoni, qarori va farmoyishi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ishlab chiqilganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalangan holda barcha talabalarni tadbir va loyihalarda yanada faol bo‘lishlikka chaqirdi.

Uchrashuv so‘ngida o‘quv yili davomida o‘zining namunali xulqi bilan o‘qish va jamoat ishlarida faol qatnashib kelayotgan bilim yurtining bir qator talaba yoshlari Kengash tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O'tkir Hoshimov, Bilim yurti yoshlar yetakchisi

Админ