Diqqat, e’lon! “Qur’oni karim va tajvid” bo‘yicha pullik o‘quv kurslari o‘z faoliyatini boshlaydi
Muallif: Админ
Sana: 29.05.2018
4041

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari hamda ilmiy maktablarda 2018 yilning 10 iyunidan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” bo‘yicha pullik o‘quv kurslari o‘z faoliyatini boshlaydi.

O‘quv kurslariga 2018 yilning 1-3 iyun kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha hujjatlar qabul qilinadi.

O‘quv kurslariga O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq o‘rta maktabni bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnoma (attestat 11-sinf), akademik litsey yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasasi diplomiga ega bo‘lgan hamda 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari suhbat asosida qabul qilinadi.

Tinglovchilar diniy ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza;

- sog‘lig‘i haqida tibbiy ma’lumotnoma (086-U-shakl);

- pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

- 4 dona fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);

- yashash joyidan ma’lumotnoma;



O‘quv kurslar quyidagi muassasalarda tashkil etiladi:

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Toshkent sh., (0371) 227-42-37;

“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti, Toshkent sh., (0371) 244-48-27;

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti, Toshkent sh., (0371) 299-24-11

“Mir Arab” oliy madrasasi, Buxoro viloyati, Kogon tumani (+99895) 604-45-97;

“Mir Arab” o‘rta maxsus islom bilim yurti, Buxoro sh., (0365) 224-10-11;

“Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti, Buxoro sh., 221-77-44;

“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti, Kitob shahri (0375) 54-27-425;

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti, Andijon sh., (+99895) 201-68-70, (0374) 228-00-91;

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti, Namangan shahri (0369) 226-60-60;

“Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurti, Urganch sh., (+99895) 606-92-55, (+99895) 602-92-57;

“Muhammad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom bilim yurti, Nukus sh., (0361) 229-03-26, 229-03-20;

“Hadis ilmi maktabi” Samarqand viloyati, Xo‘ja Ismoil shaharchasi (0366) 673-31-51, (94) 186-19-94;

“Kalom ilmi maktabi” Samarqand viloyati, Xo‘ja Ismoil shaharchasi (0366) 673-31-51, (94) 186-19-94;

“Aqida ilmi maktabi” Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri (0375) 225-56-32;

“Tasavvuf ilmi maktabi” Buxoro viloyati, Kogon tumani (+99895) 604-45-97;

“Fiqh ilmi maktabi” Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri (0373) 226-72-31.

O‘MI Matbuot xizmati manba muslim.uz


Админ