Yangiliklar
515

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul jarayonini yuqori saviyada tashkil etish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga tezkor javob berilishini ta’minlash maqsadida 2020 yil 15 iyundan boshlab “Kol-markaz”lar tashkil etildi.

❗️ “Kol-markaz”lar faoliyati dushanba-shanba kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha davom etadi. Qabul jarayonlariga oid har qanday ma’lumotlarni quyidagi manzillar orqali olishingiz mumkin.

?Oliy diniy ta’lim muassasalari

1. Toshkent islom instituti:
Telefon raqami: 71-227-23-47
Sayti: www.Islaminstitut.uz

Telegram kanali: https://t.me/oliymahad

2. Mir Arab oliy madrasasi:
Telefon raqami: 95-604-45-97
Sayti: www.mirarab.uz

Telegram kanali: https://t.me/mirarabuz

3. Hadis ilmi maktabi
Telefon raqami: 66-240-20-51
Sayti: www.hadith.uz

Telegram kanali: https://t.me/hadithuz

?O‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari

4. Ko‘kaldosh
Telefon raqami: 71-249-30-90
Sayti: www.kukaldosh.uz

Telegram kanali: https://t.me/kukaldoshuz

5. Xadichai Kubro
Telefon raqami: 71-299-24-11
Sayti: www.xadicha.uz

Telegram kanali: https://t.me/xadichauz

6. Sayyid Muhyiddin Maxdum
Telefon raqami: 99-971-12-08
Sayti: www.maxdum.uz

Telegram kanali: https://t.me/maxdumuz

7. Hidoya
Telefon raqami: 69-226-60-60
Sayti: www.hidoya.uz

Telegram kanali: https://t.me/hidoyauz

8. Xoja Buxoriy
Telefon raqami: 75- 542-72-25
Sayti: www.xojabuxoriy.uz

Telegram kanali: https://t.me/Xojabuxoriy

9. Imom Termiziy
Telefon raqami: 97-389-06-50
Sayti: www.termiziy.uz

Telegram kanali: https://t.me/termiziylar

10. Mir Arab
Telefon raqami: 95- 600-45-97
Sayti: www.mirarabmadrasa.uz

Telegram kanali: https://t.me/mirarabmadrasa

11. Jo‘ybori Kalon
Telefon raqami: 65-221-77-44
Sayti: www.juyborikalon.uz

Telegram kanali: https://t.me/juyborikalon

12. Faxriddin ar-Roziy
Telefon raqami: 95-602-70-21
Sayti: www. arroziy.uz

Telegram kanali: https://t.me/arroziyuz

13. Muhammad al-Beruniy
Telefon raqami: 61-229-03-20
Sayti: www.alberuniy.uz

Telegram kanali: https://t.me/alberuniyuz



O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Muallif: Админ
Sana: 14.06.2020
865
513

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili bo‘yicha quyidagi fanlardan qabul imtihonlari o‘tkaziladi.

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari bo‘yicha:
- 1-blok “Chet tili” 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;
- 2-blok “Tarix” 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.
Qabul imtihonlari test sinovi shaklida o‘tkaziladi.

Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasi bo‘yicha:
- “Fiqh va aqoid” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball;
- “Arab tili” (ijodiy imtihon) 63 ball;
- “O‘zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.

Hadis ilmi maktabi bo‘yicha:
- “Hadis va Mustalahul hadis” (ijodiy imtihon) 93 ball;
- “Arab tili” (ijodiy imtihon) 63 ball;
- “O‘zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Muallif: Админ
Sana: 12.06.2020
544
512

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar hujjatlari masofaviy tarzda qabul.muslim.uz sayti orqali qabul qilinadi.


O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga:
– 2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham).

Talab qilinadigan hujjatlar:
– pasport (elektron shaklda);
– attestat yoki diplom (akademik litsey, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risida) elektron shaklda;
– til bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (attestat yoki diplomida yozilgan chet tilidan boshqa xorijiy tilda topshirmoqchi bo‘lganlar uchun) elektron shaklda.

Oliy diniy ta’lim muassasalariga:
– Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasiga
2020 yilning 15 iyunidan 15 iyuligacha (shu kuni ham);
– Hadis ilmi maktabiga 2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham).

Talab qilinadigan hujjatlar:
– pasport (elektron shaklda);
– o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat (diplom) elektron shaklda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi

Muallif: Админ
Sana: 11.06.2020
392
509

Shu yil 6 iyun holatiga, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tuman va shaharlar epidemiologik toifalarining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri, Andijon viloyati Andijon shahri, Baliqchi va Izboskan tumanlari, Buxoro viloyati Buxoro shahar va Qorako‘l tumani, Namangan viloyati Norin tumani, Samarqand viloyati Ishtixon tumani, Toshkent viloyati Bo‘ka tumaniga “yashil” hudud toifasi berilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 9 iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochiladi.

Aksincha, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy, Pop tumanlari, Sirdaryo viloyati Xovos tumani, Xorazm viloyati Urganch shahri “qizil” toifa va Buxoro viloyati Kogon tumani, Toshkent viloyati Bo‘stonlik tumani, Surxondaryo viloyati Termiz shahriga “sariq” toifa berilishi sababli ushbu hududlardagi masjidlar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Ayni kunlarda xalqimiz sinovli kunlarni boshidan kechiryapti. Barcha birgalikda koronavirus kasalligining keng tarqalishining oldini olishga jiddu jahd qilishi lozim.

“Qizil” yoki “sariq” xududlardan “yashil” xududlar qatoriga o‘tish va masjidlar o‘z faoliyatini qayta boshlashida – har bir insonning hissasi katta bo‘ladi, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir.

Alloh taolo barcha masjidlar eshiklari ochilishini nasib etsin!

Quyida respublika bo‘yicha tuman-shaharlar kesimida “yashil”, “sariq” va “qizil” hududga toifalanishning ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin.



O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Muallif: Админ
Sana: 08.06.2020
249
507

Ўзбекистондаги масжидлар сони яна биттага кўпайди. Сурхондарё вилоятининг олис Музработ туманида “Дўстмуҳаммад бобо” жоме масжиди давлат рўйхатидан ўтказилиб, ўз фаолиятини бошлади.

Шу кунларда халқимизнинг дилини бироз хира қилган вирус сабаб кўпчилик қаторида музработликлар ҳам таскинга, хушхабарга муштоқ эдилар. Аллоҳ таолонинг инояти ила 8 июндан диний ташкилотлар фаолиятига қайта рухсат берилиши арафасида, жорий йилнинг 5 июнь куни, Музработ туманида янги масжидга давлат рўйхатидан ўтказилганлиги ҳақида адлия бошқармасидан гувоҳнома тақдим этилди.

180 мингга яқин аҳолига эга Музработ туманида шу кунга қадар 1 та масжид фаолият юритар эди. У ҳам бўлса туман марказидан салкам 20 километр узоқликда жойлашган бўлиб, аҳолининг кўп қисми жамоат намозларини адо этиш учун узоқ масофада жойлашган масжидга қатнар эди. Бу, албатта кўпчиликка қийинчилик туғдирар, айниқса кексалар учун мушкул ҳолат бўлиб, “туманимиз марказида ҳам бир масжид бўлса эди”, дея эзгу ният билан яшарди.

Ниҳоят бу борада қилинган саъй-ҳаракатлар, уринишлар натижа берди. Аҳолининг мурожаатлари инобатга олиниб, маҳаллий ҳокимлик томонидан масжид қурилиши учун “Янги ҳаёт” маҳалласи ҳудудидан ер ажратилди.

Ўтган икки ярим йилдан зиёд вақт давомида, халқ ҳашари йўли билан бу жойда замон талабларига жавоб берадиган, намозхонлар учун қулай шароитларга эга, 1500 кишилик сиғимли жоме масжид бунёд этилди. Масжидга мамлакатимиздаги кўплаб қориларнинг, хусусан, Сурхондарё ва Қашқадарё воҳасидаги минглаб толиби илмларнинг табаррук устози бўлган воҳалик олим, марҳум Дўстмуҳаммад оҳун домланинг номи қўйилди.

Мазкур масжид, том маънода маърифат масканидек қад ростлаган. Хонақоҳ шарқ услубидаги замонавий кўринишда бунёд этилган бўлиб, сержило, иссиқ воҳа тафтини намоён этади. Масжид гумбазининг ички томонида Қуръони каримнинг ибодатга даъват этувчи оятлари битилган.

Меҳроб эса оловранг сиёҳлар билан куфий ва сулс ҳатларида Аллоҳ таолога ҳамд ва Пайғамбар алайҳиссаломга саловат, шунингдек, ояти карималар билан безатилган.

Хонақоҳ ёнида замонавий шаклда таҳоратхона бунёд этилган.

Масжид ҳовлисига туташ қилиб, боғ ва гулзор ҳамда автотураргоҳ бунёд этилган.

Хуллас, мазкур масжид мамлакатмизнинг энг олис туманларидан бири саналмиш Музработ аҳли учун чексиз қувонч ва бахтга сабаб бўлувчи маскан бўлди.

Марказ аҳолисининг севинчи чексиз. Тиллари-ю диллари шукронада, дуода. Кўп йиллик армонлар бугун барҳам топди. Энди уларнинг ҳам ўз масжидлари бор. Туман марказида ҳам азон баралла янграйди. Бу азон ҳудуд аҳолиси учун нажот чақириғи, маърифат, тарбия, илоҳий раҳматнинг даъвати бўлади, инша Аллоҳ. Зеро масжидлардан Аллоҳ таолонинг раҳмат нурлари таралиб туради. Ибодат, маърифат, биродарлик маскани бўлиб, мусулмонлар эътиқодини мустаҳкамлашга, ахлоқининг гўзаллашишига, ёмонликлардан узоқда бўлишига сабаб бўлади.

Шу билан Ўзбекистондаги масжидлар сони 2068 тага, Сурхондарё вилоятида эса 113 тага етди.

Эслатиб ўтамиз, жорий йилнинг 8 июнь, душанба кунидан бошлаб, “яшил” ҳудудларда масжидлар ўз фаолиятини карантин талабларига амал қилган ҳолда бошлайди. Санитария-эпидемиологик осойишталик агентлиги тақдим этган рўйхатга кўра, Музработ тумани ҳам “ЯШИЛ” ҳудуд тоифасига киради.

Демак, 8 июндан бошлаб “Дўстмуҳаммад бобо” масжидида ҳам санитар талаблар асосида илк намозлар адо этилади.

Аллоҳ таолодан янги бунёд этилган Ўзининг байтини мусулмонлар учун хайрли, то қиёматгача азон овозлари янграб турувчи маскан бўлмоғини тилаб қоламиз!

Музработликларни эса байтуллоҳ билан муборакбот этамиз!

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати

ЎМИ матбуот хизмати

Muallif: Админ
Sana: 06.06.2020
220