Yangiliklar
352

2019 yil 6 dekabr kuni “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida Bosh Qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” mavzusida huquqiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Kitob tuman prokurori katta yordamchisi U. Jo‘rayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kitob tuman bo‘linmasi rahbari G. Sattorovalar ishtirok etishdi.
Tadbirni bilim yurti mudiri O‘. G‘uzarov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilish qatnashchilarini Bosh Qomusimizning 27 yilligi bilan muborakbod etdi.
Shundan so‘ng Kitob tuman prokurori katta yordamchisi U. Jo‘rayev so‘zga chiqib quyidagicha ma’ruza qildi:
Barchamizga ma’lumki, jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Ana shu mashaqqatli va sharafli yo‘lda erishgan barcha yutuqlarimizni, eng avvalo, Konstitutsiyamiz bilan bog‘lashimiz, albatta, bejiz emas. Chunki Konstitutsiyamiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo‘limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi.
To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda deydi - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kitob tuman bo‘linmasi rahbari G. Sattorova.
Darhaqiqat, Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan javoblar olishdi.

Bilim yurti matbuot xizmati

Muallif: Админ
Sana: 07.12.2019
507
346

2019 yil 2 dekabr kuni "Xoja Buxoriy" o‘rta maxsus islom bilim yurtida "Konstitutsiya - asosiy qomusimiz" mavzusida ma’naviyat soati o‘tkazildi.
Unda bilim yurtining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari M. Qosimov, ARM mudiri A. Usmonov hamda talabalardan A. Qubonmurodovlar so‘zga chiqdilar.
Bo‘lib o‘tgan tadbirda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalik, dinlararo va millatlararo totuvlik hamda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda Bosh qomusimiz muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Bilim yurti matbuot xizmati

Muallif: Админ
Sana: 03.12.2019
473
343

2019 yil 28 noyabrь kuni “Xoja Buxoriy” oʼrta maxsus islom bilim yurtida suyukli paygʼambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning tavallud oylari munosabati bilan “Paygʼambarimiz siyrati – ibrat maktabi” mavzusida tadbir va siyrat musobaqasi boʼlib oʼtdi.

Tadbirni bilim yurti mudiri Oʼ. Gʼuzarov kirish soʼzi bilan ochib, Paygʼambarimiz alayhissalom hayotlarining har bir nuqtasi biz musulmonlar uchun ibrat boʼlmoqligi, u zotning sunnatlariga amal qilish bilan biz oʼz muhabbatimizni izhor qilishimiz mumkinligi haqida gapirib, tadbirning ahamiyatini tushuntirib oʼtdi.

Shundan soʼng siyrat musobaqasi ishtirokchilari belgilangan shartlar boʼyicha chiqish qildilar. Hakamlar tomonidan gʼolib deb topilganlarga qimmatbaho sovgʼalar va faxriy yorliqlari topshirildi.

Shuningdek joriy oy davomida bilim yurti talabalari oʼrtasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini oʼrganishga doir maqolalar va insholar tanlovi eʼlon qilingan edi. Mazkur tanlov gʼoliblari ham eʼlon qilinib, bilim yurti homiylari koʼmagida munosib taqdirlandi.

Bilim yurti matbuot xizmati

Muallif: Админ
Sana: 01.12.2019
487
342

Joriy yilning 27 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom bilim yurtida «Xatmul kutub» tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bilim yurtining 1-kurs b guruhida guruh rahbari Sh. Maxsumovning sa’yi harakati bilan Arab tili (sarf) fanidan qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, Mukammal sarf darsligi kitobi qisqa muddatda o‘qib tugatildi.
Tadbirda ishtirok etgan bilim yurti mudiri O‘. G‘uzarov guruh talabalarini «Xatmul kutub» munosabati bilan muborakbod etib, ilm talabi yo‘lida hamisha serg‘ayrat va bardavom bo‘lish kerakligini, shu bilan birgalikda olgan ilmlarini mustahkamlab borishlarini ta’kidladi. Shundan so‘ng bilim yurti mudiri O‘. G‘uzarov ushbu ezgu an’anani davom ettirgan holda Arab tili (nahv) kitobini o‘qishni boshlab berdi.
Tadbir so‘ngida xatmi Qur’on o‘qilib, marhum ustozlar va kitob mualliflarining haqlariga bag‘ishlandi. Shuningdek, talabalarga kitoblar sovg‘a qilinib, Alloh taolo madadkor bo‘lishini tilab duolar qilindi.


Muallif: Админ
Sana: 27.11.2019
483
338

2019 yil 20 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurtida «Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik - taraqqiyot va barqarorlikning muhim omili» mavzusida respublika talabalar anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi B.Rustamov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi mudiri S.Sherxonov, “Bahouddin Naqshband” jome masjidi imom-xatibi A.Razzoqov, diniy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari shuningdek, Buxoro davlat universiteti vakillari qatnashdi.

Anjumanda “16 noyabrь – Xalqaro diniy bag‘rikenglik kuni”, uning dunyo hamjamiyati va mamlakatimiz uchun ahamiyati, bag‘rikenglikni ta’minlash tinchlik hamda birdamlilikning garovi ekanligi to‘g‘risida mulohazalar bildirildi. Unda “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari ham ishtirok etib, mavzuga doir ma’ruza qildilar. Jumladan, 3-kurs talabasi Hoshimov O‘tkir quyidagilarni aytib o‘tdi. Tavalludining 915 yilligi nishonlanayotgan dunyo diniy-falsafiy tafakkurida o‘chmas iz qoldirgan buyuk allomalarimizdan Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy tasavvufning yirik namoyandasi, mashhur avliyo, Xojagon nomi bilan shuhrat qozongan O‘rta Osiyo tariqatining asoschisi va rahnamosi hisoblanadi. Shuningdek, 700 yilligi nishonlanayotgan, Buxoroni Buxoroi sharif darajasiga ko‘targan ajdodlarimiz orasida hazrat Bahouddin Naqshbandning muborak siymosi alohida nufuz va mavqega ega. Bu ulug‘ shaxslar timsolida inson ruhiyatining naqadar teranligi, bu dunyoda o‘z irodasini tarbiyalab, qalbini poklab, nafs balosini engib yashaydigan odam qanday ma’naviy yuksaklikka ko‘tarila olishi yaqqol namoyon bo‘ladi. Xalqimiz Naqshbandiy hazratlariga baland e’tiqod qo‘yib, «Bahouddin — balogardon!» deya behad e’zozlaydi.

Ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati G‘ijduvon tumaniga tashrif buyurgan chog‘larida bu maskanlarni obod qilish bilan birga «Yetti pir» haqida kitob yaratish, ularning ilmiy merosini targ‘ib etish zarurligini ta’kidlab – “Bunday ma’naviy xazina boshqa hech qaerda yo‘q. Bu xazinani mukammal o‘rganish, odamlarga, yoshlarga oson tilda etkazish kerak. Maqsadimiz – yoshlarimiz o‘zimizning allomalarga ergashsin, merosini bilsin, ular bilan faxrlansin” degan edilar. Albatta Prezidentimiz bu tashabbuslari tasavvuf namoyandalari va ularning ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish borasida yangi sahifalar ochilayotganidan dalolatdir.

Albatta, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Shayx Najmiddin Kubro va Xoja Bahouddin Naqshband singari mutasavvuf donishmandlarning poklik, to‘g‘rilik, mexr-shafqat, adlu insof, imondorlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi ilg‘or umumbashariy fikrlari davrimizga hamohang bo‘lib, kelajak uchun xizmat qiladi.

Muallif: Админ
Sana: 21.11.2019
583