Yangiliklar
370
“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurtining malakali o‘qituvchisi Abbosxon Qosimovning sa’yi harakati bilan 3-kurs b guruhida Aqoid fanidan qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, aqida borasidagi ishonchli matnlardan bo‘lmish Sirojiddin O‘shiyning Bad’ul amoliy kitobiga yozilgan Mulla Ali Qorining Zav’ul ma’oliy asari an’anaga muvofiq qisqa muddatda o‘qib tugatildi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 13 yanvar kuni bilim yurtida «Xatmul kutub» tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan bilim yurti mudiri O‘. G‘uzarov guruh talabalarini «Xatmul kutub» munosabati bilan muborakbod etdi. Shuningdek, aqida ilmining asosiy maqsadi to‘g‘ri aqida bilan ikki dunyo saodatini hosil qilish ekanligini aytib, talabalarga bu ilmni yanada mukammal o‘rganish lozimligini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng guruh talabalariga ustozlari boshchiligida ezgu an’anani davom ettirgan holda Imom A’zam rohmatullohi alayhning kalom ilmiga tamal toshini qo‘ygan «Fiqhul akbar» kitobining sharhlaridan biri bo‘lmish Mulla Ali Qori rohmatullohi alayhning Minahu rovzil azhar sharhu fiqhil akbar” (“Fiqhul akbar”ning sharhi haqida chamanzor hadyalari) deb nomlagan kitobidan dars boshladilar. Bilim yurti mudiri O‘. G‘uzarov boshchiligida barcha ustozlar ushbu kitobni talabalarga tushunishlik oson bo‘lishini Allohdan so‘rab duo qildilar.
Tadbir so‘ngida xatmi Qur’on o‘qilib, bilim yurtida xizmat qilgan marhum ustozlar va kitob muallifining haqlariga bag‘ishlandi. Shuningdek, bilim yurti mudiri tomonidan mazkur guruh talabalariga muborak zam-zam suvi hamda kitoblar hadya qilinib, keyingi o‘qishlarida Alloh taolo madadkor bo‘lishini tilab duolar qilindi.

Bilim yurti matbuot xizmati

Muallif: Админ
Sana: 13.01.2020
414
362

O‘zbekiston musulmonlari idorasining 12.12.2019 yildagi 01A/194-sonli buyrug‘i hamda bilim yurtining 13.12.2019 yildagi 32-sonli buyrug‘iga asosan, “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida pedagog-o‘qituvchilar uchun 2019 yilning 23-28 dekabr kunlarida 24 soatga mo‘ljallangan “Kasbiy fanlarni o‘qitishda kasb ta’limi o‘qituvchisining kasbiy pedagogik faoliyati” mavzusida qisqa muddatli master klass o‘tkazildi. Ushbu master-klass mashg‘ulotlarini o‘quv ishlari va o‘quv uslubiy bo‘limi tomonidan o‘tkazilib, sog‘lom va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, uning yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqliqligini ifodalaydi.

Master klass mashg‘ulotlariga o‘qituvchining har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkurga ega, o‘z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim hamda malakalarni egallagan bo‘lishi, turli pedagogik vazifalarni tezda yechishi, vaziyatlarni sezishi, o‘rganishi va baholay olishi, pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng maqbul metodlarini tanlay olish qobiliyati kabi jihatlarga katta e’tibor qaratildi.

“Kasbiy fanlarni o‘qitishda kasb ta’limi o‘qituvchisining kasbiy pedagogik faoliyati” mavzusi slayd orqali taqdim etildi. Ushbu slaydda o‘z-o‘zini tayyorlash, o‘qituvchi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, pedagogik faoliyat turlari, kasbiy ta’lim o‘qituvchisining kasbiy layoqatliligi, shaxsning pedagogik madaniyati kasbiy pedagogik faoliyatining asosi, ta’lim jarayonini mohiyati va qonuniyatlari, ta’lim jarayonining vazifalari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining talablari, o‘qituvchiga zarur bo‘ladigan psixologik bilimlar, kasb ta’limi o‘qituvchisini chuqur bilimdonligi (kompetentligi) va sohasi (kompetensiyasi), o‘quv faoliyatining tuzilishi hamda pedagogik faoliyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini o‘z ichiga oldi.

Bundan tashqaribilim yurti mudarris –o‘qituvchilariga o‘quv jarayoniga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlari, o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini belgilash qoidalarini o‘z ichiga olgan “O‘qituvchining innavatsion faoliyati va zamonaviy ped-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

O‘quv yili davomida pedagoglarning bajarishi kerak bo‘lgan hisobot jurnalidagi o‘quv ishlari, o‘quv-metodik, ilmiy-metodik ishlari, tashkiliy –metodik va pedagogik ishlari hamda ma’naviy–ma’rifiy ishlarni bajarilish holatlariga yanada ahamiyat qaratilishi kerakliligi va ularni bajarish etaplari to‘g‘risida metodikko‘rsatmalar berildi.

O‘quv jarayoniga ilg‘or yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etish hamda interfaol usulda dars o‘tishga erishish bilan birgalikda yosh o‘qituvchilar bilan ishlash va murabbiychilik harakatini jadallashtirish, interfaol ta’lim tamoyillariga asoslangan holatda, ya’ni:

ØMashg‘ulot ma’ruza emas, jamoaning umumiy ishi ekanligi;
ØO‘quvchilar yosh, ijtimoiy mavqe va tajribaga ko‘ra tengligi;
ØHar bir o‘quvchi o‘rganilayotgan muammo yuzasidan o‘z fikrini aytish huquqiga ega ekanligi;
ØDars jarayonida o‘quvchi shaxsi tanqid qilinmasligi;
ØBildirilgan fikr va g‘oyalar o‘quvchilarning faoliyatini boshqarmaydi, balki fikrlash uchun axborot bo‘lib xizmat qilishliligi bo‘yicha uslubiy tushuncha va tavsiyalar berildi.
Umuman olganda, interfaol usullarning quyidagi maqsad va vazifalari:

O‘quvchilarni mustaqil, ijodiy, tanqidiy, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;
Muammoli vaziyatni amaliy va hayotiy topshiriqlar asosida yechish;
O‘z-o‘zini fikrlashga majbur etish;
Do‘stona munosabatlarni shakllantirish;
Faollashtirish;
O‘quvchilarni tashkilotchilik va yo‘naltiruvchanlikka undash asosida darsda e’tiborli bo‘lishliligini talab qiladi.
Bilim yurtidagi har bir pedagog o‘qituvchilarning me’yoriy hujjatlari uchun alohida ko‘rilib, ularning dars beradigan fanlari bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturida ko‘rsatilgan soatlarni ishchi o‘quv dasturlaridagi soatlar bilan taqqoslab, o‘rtasidagi farqlari tekshirildi. O‘qituvchilarning dars beradigan darsliklari O‘MI tomonidan berilgan o‘quv darsliklariga mos holatdaligi hamda dars davomida foydalanayotgan qo‘shimcha adabiyotlari ham ko‘rib chiqildi. Guruh jurnallari bo‘yicha dars mavzulari solishtirilib, kamchiliklari o‘zlari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi va uslubiy yordam ko‘rsatildi. Joriy o‘quv yili birinchi yarim yillik tugayotganligi munosabati bilan o‘qituvchilarning semestr davomida barcha meyo’riy hujjatlari ko‘rildi va ikkinchi yarim yillik bo‘yicha taqvimiy ish rejalar, dars jadvallari loyihalari tayyorlandi.


O‘quv seminari davomida o‘qituvchilarga ta’lim texnologiyalari modulining maqsad va vazifalari hamda mohiyati, ta’lim texnologiyalariga berilgan ta’riflarni qiyosiy baholash, ta’lim jarayoni tuzilmasining asosiy elementlari, ta’lim texnologiyalari turlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari, ta’lim texnologiyalari doirasida ta’limni tashkil etish shakllari, amalga oshirish metod va vositalarini tanlash hamda ta’lim jarayonini loyihalashtirish bosqichlari to‘g‘risida to‘liq va aniq ma’lumotlar berildi.

O‘tkazilgan qisqa muddatli seminar trening mashg‘ulotlari davomida foydalanilgan slaydlar o‘quv bo‘limning mudarris-o‘qituvchilariga o‘quv me’yoriy hujjatlarida va o‘quv amaliyotlarida foydalanishlariuchun elektron nusxalari berilib, uslubiy qo‘llanma sifatida chiqarib qo‘yildi.

N. Berdiyeva, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
Muallif: Админ
Sana: 08.01.2020
411
361

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 6 январь куни Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Усмонхон Алимовни қабул қилиб, унинг 70 йиллик таваллуд айёми билан самимий табриклади.

Давлатимиз раҳбари Усмонхон Алимовнинг миллий ва диний қадриятларни тиклаш, асраб-авайлаш, буюк алломалар, мутафаккирларнинг бой илмий меросини ўрганиш ва тарғиб қилиш ҳамда жамиятда диний бағрикенгликни мустаҳкамлашга бағишланган фаолиятига алоҳида тўхталиб ўтди.

Ўзбекистон Мусулмонлари идораси раҳбари нафақат юртимиз ва Марказий Осиёда, балки дунё миқёсида тан олинган нуфузли уламолардан бири экани, унинг Ислом олами уюшмаси таъсис мажлиси ҳамда Бутун дунё уламолар кенгаши аъзоси этиб сайлангани, “Дунёнинг энг нуфузли 500 мусулмони” рўйхатидан муносиб ўрин эгаллагани бутун Ўзбекистон халқига улкан фахр бағишлаши таъкидланди.

“Биз муфтий ҳазратларини Ислом маърифатининг толмас тарғиботчиси сифатида биламиз ва қадрлаймиз. “Тафсири Ирфон”, “Имом Бухорий – муҳаддислар султони”, “Оилада фарзанд тарбияси” каби асарларингиз халқимиз қалбидан чуқур жой олган”, - деди давлатимиз раҳбари.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мусулмонлар идораси раиси, муфтий Усмонхон Алимовнинг мамлакатимизда Ислом маданияти ва илм-фанини ривожлантириш, муқаддас динимизнинг инсонпарварлик моҳияти ва эзгу ғояларини, улуғ аллома ва мутафаккирларимизнинг бебаҳо илмий меросини тадқиқ этиш ва халқаро миқёсда кенг тарғиб қилиш ишларига қўшган муносиб ҳиссаси, жамиятда ижтимоий-маънавий муҳит барқарорлигини таъминлаш, миллатлараро тотувлик ва ҳамжиҳатликни мустаҳкамлаш борасидаги катта хизматлари, диний ва дунёвий билимларни пухта эгаллаган етук мутахассисларни тайёрлаш, ёш авлодни она Ватанга муҳаббат, бағрикенглик ва миллий қадриятларимизга ҳурмат руҳида тарбиялаш йўлидаги ибратли фаолиятининг юксак эътирофи рамзи сифатида унга “Эл-юрт ҳурмати” орденини топширди.

Муфтий Усмонхон Алимов Президентимиз Шавкат Мирзиёевга юксак мукофот учун ташаккур билдириб, сўнгги йилларда жамият ҳаётининг барча жабҳалари қатори диний-маърифий соҳада ҳам улкан ислоҳотлар амалга оширилаётганини таъкидлади. Муқаддас Ислом динини ўрганиш, аждодлар меросини қайта тиклаш ва уларни келажак авлодларга етказиш бўйича олиб борилаётган кенг кўламли ишларда бор куч-ғайратини сафарбар қилишга тайёрлигини билдирди.

Учрашувда мамлакатимиздаги ижтимоий-маънавий муҳитнинг барқарорлигини таъминлаш, ёш авлодни инсонпарварлик, бағрикенглик, тинчлик ва ҳамжиҳатлик руҳида тарбиялашга қаратилган тарғибот ишларида Ўзбекистон мусулмонлари идораси ва диний соҳа вакиллари фаол иштирок этишни ўз бурчи деб билиши маълум қилинди.

Президентимиз Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан буюк аждодларга муносиб ворисларни тайёрлаш, юртимизда диний таълим тизимини такомиллаштириш, Ислом динининг асл моҳиятини ва инсониятни эзгуликка элтувчи дин эканлигини илмий асосланган ҳолда теран ўрганиш ҳамда тарғиб этишга қаратилган тизимли ислоҳотлар амалга оширилаётгани халқимиз ва халқаро ҳамжамият томонидан юксак эътирофга сазовор бўлаётгани алоҳида таъкидланди.


Muallif: Админ
Sana: 06.01.2020
354
356

Sog‘lom va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoiyligiga, uning yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir.
“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida pedagog-o‘qituvchilar uchun 23-28 dekabr kunlari o‘quv jarayoniga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar, hamda ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘quv seminar treninglar tashkil etish belgilangan. Mazkur trening 23 dekabrdan boshlab kuniga 4 soatdan o‘tib kelinmoqda.
Unda o‘qituvchining har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkurga ega, o‘z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim hamda malakalarni egallagan bo‘lishi, turli pedagogik vazifalarni tezda yechishi, vaziyatlarni sezishi, o‘rganishi va baholay olishi, pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyati kabi jihatlarga katta e’tibor qaratilmoqda.

Bilim yurti matbuot xizmati

Muallif: Админ
Sana: 24.12.2019
380
354

10 dekabr kuni “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida 1-kurs “A” va “B” guruhlari o‘rtasida Arab tili (Sarf) fanidan olgan bilimlarini sinash va mustahkamlash maqsadida Zakovat musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa avvalida bilim yurti mudiri O‘. G‘uzarov so‘zga chiqib, 10 – dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilingan kun ekanligi, madhiya ona Vatanimizdan g‘ururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga, bundanda yuksak cho‘qqilarni zabt etishga undashi, uning sadolari xalqimiz qalbida yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, musobaqani boshlashga ruxsat berildi va hakamlar tomonidan musobaqa shartlari va qoidalari yana bir bor eslatib o‘tildi.
Unda har bir guruhdan 16 nafardan talaba ishtirok etib, biletlardagi savollarga javob berdilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra 1 B guruh talabalari 225 ball bilan g‘olib bo‘ldilar. Ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bilim yurti matbuot xizmati

Muallif: Админ
Sana: 10.12.2019
443