Yangiliklar
402

3-5 mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli tadbirda dunyoning yigmirmaga yaqin mamlakatidan olimlar, diniy ulamolar ishtirok etmoqda. Muxbirimiz anjuman qatnashchilarining fikrlari bilan qiziqdi.
Ahmad Tamim, Ukraina bosh imom xatibi, muftiysi:

- Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro anjumanda ishtirok etish men uchun ulkan sharaf.

Samarqandning Moturid qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan bu buyuk imom hadis va fiqh ilmining ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan. Imom Moturidiy nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun islom olamida o‘z munosib o‘rniga ega bo‘lgan diniy arboblardan hisoblanadi. Chunki, alloma yashagan davrda, islom dinida turli guruh va firqalar soni ko‘payib ketganligi sababli ko‘plab ixtiloflar kelib chiqqan. Ana shunday vaziyatda Imom Moturidiy islom dinning asl mohiyatini ochib berish, sof islomiy aqidani saqlab qolish borasida beqiyos ishlarni amalga oshirgan.

Bu ilmiy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish bugungi kun uchun ham muhim ahamiyat kasb etib, mazkur konferensiya bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.


manba: O‘zA

Muallif: Админ
Sana: 02.03.2020
245
400

Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi 2020 yil 27 fevral kunidan e’tiboran dunyoning barcha mamlakatlari uchun “Umra” vizasini taqdim etishni vaqtincha to‘xtatdi.

Ushbu chora karonavirusga qarshi kurash doirasida amalga oshirilmoqda.
Saudiya hukumatining ushbu masala bo‘yicha rasmiy qarori va bayonoti bugun e’lon qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Muallif: Админ
Sana: 27.02.2020
309
397

Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti axborot - resurs markazi tomonidan bilim yurtining "Yosh ilmiy tadqiqotchi" talabalari bilan Moturidiya ta’limoti: tarix va bugun mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda bilim yurtining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari M. Qosimov va aqoid fani bo‘yicha malakali mutaxassis, ustozimiz Maxtumquli domla Toshqulovlar ishtirok etishdi.
Davra suhbatini ARM mudiri A. Usmonov kirish so‘zi bilan ochib, Abu Mansur al-Moturidiy as-Samarqandiyning ilohiyot ilmlarida o‘z davrining yetuk allomasi ekanligi, u zotning ustoz va shogirdlari hamda sof islom aqidasini saqlash borasida yozgan asarlari haqida ma’ruza qildi.
Shundan so‘ng, ustozimiz Maxtumquli domla hazratlari Moturidiya ta’limotining tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’ruza qildilar. Jumladan, Imom al-Moturidiy hazratlari yashagan davr – to‘qqizinchi asrning ikkinchi, o‘ninchi asrning birinchi yarmi – tom ma’noda islomiy ilmlar va ma’rifatining turli sohalari qatori kalom ilmi ham gullab-yashnaganligi, kalom ilmidagi dastlabki yirik yo‘nalish - mu’tazila oqimi va undan keyin paydo bo‘lgan qator oqimlar - jahmiylar, qaramiylar, murji’lar va boshqa toifalar iymon-z’tiqod va bilish nazariyasidagi xato qarashlariga aqliy dalil va isbotlarga tayangan holda islom dini aqidasining sofligini himoya qilish va hidoyat yo‘lidan adashgan mazkur oqimlarga qarshi qurashgani haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Ustoz hazratlari so‘zlarini yakunida talabalarga Moturidiya ta’limoti tarixini mukammal o‘qib-o‘rganishlari va bu boradagi ilmlarni egallashda buzg‘unchi g‘oyalardan ehtiyot bo‘lishlari lozimligi haqida ta’kidlab o‘tdilar.


Davra suhbati yakunida axborot – resurs markazi mudiri A. Usmonov tomonidan talabalarga Imom al-Moturidiy hazratlarining hayoti va faoliyatlari qisqacha yoritilgan bukletlar tarqatildi. Shuningdek, talabalarga Imom al-Moturidiy hazratlarining ilmiy faoliyatlarini yorituvchi maqolalar va ma’ruzalar tayyorlab kelish ta’kidlandi hamda keyingi davra suhbatimiz Hanafiy mazhabining tarixi va buguni mavzusida bo‘lishi eslatib o‘tildi.

Bilim yurti matbuot xizmati
Muallif: Админ
Sana: 25.02.2020
458
395

2020 yil 20 fevral “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari uchun esda qolarli kun bo‘ldi. Shu kuni Qashqadaryo viloyati hokimining diniy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari I. Arziqulov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakili R. Usmonovlar bilim yurtiga tashrif buyurib, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Unda talaba yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Talabalarning dardi tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob berildi.
Uchrashuvda bugungi globallashuv davrida inson ongi va qalbi uchun jiddiy kurash ketayotganligi, turli manfaatlar to‘qnash kelgan va shunga xizmat qiladigan axborot xurujlari ko‘paygan bir sharoitda undan himoyalanishning birdan-bir yo‘li bu sog‘lom fikr yuritish, hamisha hushyor va ogoh bo‘lishlik ekani ta’kidlandi. Shuningdek bu borada mamlakatimizda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilib kelayotgani, diniy ta’lim sohasi tubdan isloh qilinib, yangi o‘quv dargohlari ochilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Ma’ruzachilar mamlakatimizda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati, islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati hamda islom dinida mutaassiblik va jaholatning qoralanishi borasida fikr mulohaza olib bordilar.

Bilim yurti matbuot xizmati

Muallif: Админ
Sana: 20.02.2020
318
393

Insonning ma’naviy va aqliy xislatlarini, asosan, uning olgan tarbiyasi, yashagan muhiti belgilaydi. Yaxshi tarbiya insonning eng qimmatli boyligi bo‘ladi. Shuning uchun oila tarbiyasiga katta ahamiyat beriladi. Oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tarbiya keyingi ta’limi uchun katta madaddir.

Hadisi sharifda shunday marhamat qilinadi: Kishining ŭz farzandini chiroĭli odob-axloq bilan tarbiyalashi kŭp miqdordagi nafl sadaqa berishidan yaxshiroqdir". Boshqa bir hadisda: "Ota bolaga gŭzal odobdan yaxshiroq narsani bera olmaĭdi".
Albatta, farzand odobli, yaxshi fazilatlar sohibi, itoatkor va qobil bŭlgandagina ota-onasiga rahmat va baxt-xursandchilik keltiradi.
2020 yil 17 fevral kuni “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida ta’lim-tarbiya olish davomida barcha fanlarni «a’lo» baholarga o‘zlashtirib, bilim yurtining ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan 73 nafar talabalarning ota – onalariga shunday farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgani uchun bilim yurti jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnoma izhor etildi. Shuningdek, mazkur talabalar va ularga ta’lim-tarbiya berayotgan bir guruh o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida bilim yurti tomonidan qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.
O‘ylaymizki, talabalarimiz bundan keyin ham diniy va milliy qadriyatlarimizni hurmat qilgan holda sof islom aqidasida sobit turib, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, tinchligi uchun o‘z kuch-g‘ayratini ayamaydigan, xalq dardi bilan yashaydigan inson bo‘lib yetishadi.

Bilim yurti matbuot xizmati

Muallif: Админ
Sana: 17.02.2020
358