Talaba minbari
109

Til­­-besuyakdir. Yaxshi-yu, yomonni gapirguvchi bu til qalbni sarxush qiladi. Til ofatidan qutulishning eng oson yo`li jim turishlik ila bo`ladi. Bu juda ulug` fazilatdir. Jim turish himmatni jamlaydi va fikrni soflaydi.

Bu haqda bir qancha hadislar kelgan.

Sahl roziyallohu anhudanrivoyat qilingan hadisda:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:“Kim menga ikki oyog`i orasidagi narsaning va ikki jag`i orasidagi narsaning kafolatini bersa, men unga jannatning kafolatini beraman”, dedilar”.

Til haqida Sahobalar ham fikr bildirgan:

Abdulloh ibn Mas`ud roziyallohu anhu:

“Tildan ko`ra qamoqda turishga hojatliroq narsa yo`q”, degan.

Abu Dardo roziyallohu anhu aytadi:

“Kam so`zla, ko`p tingla. Oz gapirib, ko`p eshitishing uchun senga bitta og`iz, ikkita quloq berilgan”.

Muxallad ibn Husayn:

“Ellik yildan beri uzr aytishga sabab bo`ladigan biror og`iz so`z aytmadim”, degan ekan.

Bundan ko`rinib turibdiki, inson tili bilan qancha yomonso`zlasa va befoyda so`zlarni gapirsa, bu uning uchun ofat kelishi va obro`si tushishiga sabab bo`ladi. Har bir inson o`ziga kelgan musibat, uning qilmishlari sababli ekanini,bilib va tushunib olishlari kerak.

Alloh taoloning zikrini qo`yib, keraksiz gap-so`zlar bilan mashg`ul bo`lgan odam gavharni qo`yib, tezakni olgan bilan barobardir.

“Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo`lsa, yaxshi gap aytsin yoki jim tursin”, dedilar”.

O`zini musulmonman deb yurgan barcha insonlar ushbu hadisga amal qilsa, imoni mukammal bo`ladi. Ushbu tarbiyani insonga yoshligidan ta`lim berishlik ulkan savob bo`ladi. O`zimizga nazar solaylik, bir kunda qancha behuda so`z aytamiz, bir haftada-chi, bir oyda-chi, bir yilda-chi, buni hisoblay olmaymiz. Bu so`zlar uchun Allohning huzurida nima deb javob beramiz. Nima bizga jannatning bashorati berildimi-ki, gunoh ishlarni qilyapmiz? Mana shu bir parcha etni eplay olmasak, nimamizga ishonib yuribmiz axir? Mana shu til bilan, insonlarni haqorat qilamiz. Shularning o`rniga Allohga hamd, Payg`ambarimizga salovatlar aytsak, vaqtimiz ketadimi yoki umrimiz qisqaradimi?Bundan faqat Shayton xafa bo`lgay, bizlarning esa, qalblarimiz xotirjam bo`ladi. Bizlarni behuda so`zlarni aytishimizga nima sabab bo`lyapti yoki nima undayapti? Albatta, bunga tarbiya yetishmovchiligidir. Bolaning tarbiyasiga jiddiy e`tibor bermaslik, uning huzurida fahsh so`zlarni aytishlik sababli, bola tarbiyasi buziladi va kelajakda ota-onasi xohlagan inson bo`lib chiqmaydi. Mana shu tilni deb, qanchadan-qancha yosh bolalar yetim bo`lib qolishyapti. O`zimizni anglab olaylik, tilimizni behuda so`zlardan saqlaylik. Albatta, Alloh taolo o`ta mag`firatli zotdir. Jonimiz halqumimizga kelguniga qadar tavba qilsak, inshaalloh qabul qilgay.

G‘uchchiyev Jo‘rabek,
Xoja Buxoriy islom bilim
yurti 3-bosqich talabasi

Muallif: Админ
Sana: 24.04.2018
578
100

Har birimiz bilib qo‘yishmiz zarurki, doimo yomonlikni xohlab turuvchi nafs insonga shaytondan ham xavfliroq dushmandir. Shayton nafsning hoyu-havasi sababli bo‘ynimizga minib olib, bizni Alloh yo‘lidan adashtiradi. Nafs esa behuda amallar va quruq xayollar bilan aldab qo‘yadi. Chunki nafs tabiatan loqaydlik, g‘aflat va beparvolikni yoqtiradi va umrni tanballik bilan o‘tkazishni istaydi, ayshu-ishrat qancha bo‘lsa ham yanada ko‘proq talab qilaveradi. Shu bois balolarning boshi, razolatning manbai nafs hisoblanadi.

Alloh taolo bunday buyuradi:
“Ey iymon keltiringlar! Allohdan qo‘rqingiz va (har bir) jon (egasi) ertangi kun (qiyomat) uchun nimani (qanday amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohga taqvo qiling! Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizdan habardordir”.
Shayton uchun gunohlar omili bo‘lgan nafsni tanigan odam, Yaratganni taniy olmaydi. Hayotda orzular koniga cho‘mib ketaveradi. Har bir odam Alloh yo‘lida nimalar qilgani va o‘tgan umri to‘g‘risida ana shunday mulohaza yuritsa bu tufayli qalbini poklaydi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz bunday deydilar:
“Bir soatlik tafakkur bir yillik (nafl) ibodatdan yaxshiroqdir.” Nafs tarbiyasi xususida ulug‘larimizning so‘zlari shunday:
Sulaymon alayhissalom:
“Mening narzimda, nafsni sindirib tarbiyalay olgan kishi, yolg‘iz o‘zi bir shaharni bosib olgan jangchidan ham kuchliroq ” – deydi.
Yahyo ibn Muoz: “Alloh buyirgan axloq asoslariga moslashish va nafsning zavqu-shavq, orzularini sindirish uchun nafsinga qarshi jihod qil. Oz uxla, - Oz uxlagan odam to‘g‘ri tushunish malakasiga ega bo‘ladi. Oz so‘yla – kamgap kishi ko‘pgina ofatlardan omonda bo‘ladi.
Sahl ibn Sa’d Saidiydan rioyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qiladi. “Kimki menga ikkala jag‘i va oyoqlari orasidagi narsaning kafolatini bersa, men unga jannatning kafolatini beraman". (Buxoriy rivoyati)
Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘liga nasihat qilib: “Ey o‘g‘lim ko‘p uxlama, ko‘p yema! Kim ko‘p uxlab, ko‘p yesa, qiyomat kuni xisob berish og‘ir kechadi va hech bir go‘zal amali bo‘lmaydi.
Payg‘ambarimiz ( s.a.v.): “Qalblaringizni ochlik bilan nurlantiring, to‘yguncha yeb-ichib, qalblaringizni o‘ldirmang!
Qalb niholga o‘xshaydi. Niholga ko‘p suv berilganda qanday sarg‘ayib so‘lisa va o‘sishdan to‘xtasa, shunga o‘xshash qalb ham ortiqcha suvdan o‘ladi” – deb marhamat qiladi.
Yana Rasululloh (s.a.v. )shunday marxamat qiladi.
“Shayton insonning qon tomirlarida aylanib yuradi. Uning yo‘lini ochlik bilan to‘sing. Qiyomat kuni Allohga eng muqarrab bandalar ko‘proq och va tashna yurganlardir. Insonga eng katta xatar medadan va yeyish –ichish xirsidan yetadi. Odam Ato va Momo Havvo me’da xirsining kasofatidan jannatdan quvilib, xorlik va yo‘qlik maydoniga tashlandilar. Chunki Alloh taolo ularga jannatdagi bir daraxt mevasidan yeyishni taqiqlagan edi. Nafsining xavoyi xavaslariga qarshi borib, sabr qilgan odam qul bo‘lsa ham xukmdordir.”
Bir kuni Abul Hasan Roziy vafot etgan otasini tushida ko‘radi. Egnida qatrondan bir kiyim bor edi. U otasiga: “Ey otajonim nima bo‘ldi? Nechun sizni bu qadar xunuk qiyofada ko‘rmoqdaman? – dedi. Otasi bu javobni berdi: Ey o‘g‘lim, nafsim meni jaxannamga yetakladi. Ey o‘g‘lim, nafsing hiylasidan saqlan! Aysh-ishratga o‘chligim jonimga jabr yetkazdi.Men to‘rt zolim-shayton, dunyo, nafs va hoyn-havasga mubtalo bo‘ldim.
Bir kuni Payg‘ambarimiz marxamat qildilar: “Eng katta jixod nafs tarbiyasi uchun qilinadigan jixoddir”. Jixoddan qaytishgan saxobalar r.a. “Biz kichik jixoddan katta jixodga qaytdik” - deyishardi. Ular shu paytgacha olib borgan barcha kurashlarini kichik jixod, nafs tarbiyasi uchun kurashishni katta jixod deb xisoblardilar.
Xulosa shuki nafs har qanday holatda insonni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishi mumkin, shu bois u bilan tinimsiz kurashish lozimdir.
Bu foniy dunyo shunday tez o‘tadiki, inson tasavvurida bir ertakdek tuyiladi. shu sababli nafs va shayton dushmanligidan saqlanish kerak. Ularning aldovlariga ishonib, kishi o‘zini chuqur jarlikka tashlamasligi lozim.
Jo‘raqulov O‘lmasjon,
Xoja Buxoriy nomli o‘rta maxsus
islom bilim yurti 4 bosqich talabasi

Muallif: Админ
Sana: 19.04.2018
1607
52

Shoh tobut yasovchini xotinini bir ko‘rdiyu oshiq-u beqarorga aylandi. Qanday bo‘lmasin uni qo‘lga kiritish payiga tushdi. Nihoyat, askarlardan bittasini tobutkashning oldiga yubordi.

- Podshoh senga ertalabgacha qirqta tobut yasashni buyurdi, agar eplolmasang boshing ketadi. Mixlari oltindan bo‘lishi kerak, - dediaskar unga. Tobutkashni qayg‘u chulg‘adi. Qurbi etmaydigan ish.

- Xotin, - dedi uyiga kelib, - kunim bitganga o‘xshaydi, podshoh qilib bo‘lmaydigan ishni buyurdi. Xotini nima gapligini so‘radi. Er aytib berdi. Shunda ayol bu erda bir gap borligini tushundi, bekorga eriga bu ishni buyurishmagan. Ayolning Alloh mo‘min bandasini bunday chorasiz qoldirmasligiga ishonchi komil edi. Shunda u eriga dedi:

- Hech qo‘rqmang, unutmangki, tundan keyin tong, og‘riqdan keyin halovat bor. Shunday-ku-ya, ammo ertalab mening kallam ketadi. Xotini yana o‘sha gaplarni takrorladi:

- Aytim-ku qo‘rqmang, deb. Alloh kifoya qilguvchidir. Boringda, xotirjam yotib dam olavering. Ammo tobutkashning ko‘ziga uyqu ilinarmidi. Kechasi bilan xonada yurib chiqdi. Erta tongda eshik taqilladi. Tobutkash eshikni ocharkan, titrog‘i kuchaydi. Kechagi askarni ko‘rgach esa, hushidan keta yozdi.

– Keling,dedi tili zo‘rg‘a aylanib. Askar mahzun ovozda aytdi:

- Bitta tobut yasab bering, podshoh vafot etdi...

Qissadan hissa shuki,biror kimsa agar bir mushkul ishga yo‘liqib qolsa, darhol vahimaga tushib, dovdirab qolmasligi zarur. Chunki hech bir inson bir daqiqadan so‘ng qanday voqea yuz berishligini bilmaydi. Bunday vaqtda Allohga tavakkal qilish lozimdir. Zero Alloh o‘zi kifoya qilguvchi zotdir.

Hamidullo XOLMURODOV,

Xoja Buxoriy o‘rta maxsus

islom bilim yurti 4-kurs talabasi

Muallif: Админ
Sana: 26.02.2018
693
49

Yaratganga shukrlar bo‘lsinki, Istiqlol sharofati, davlatimiz rahbarining oqilona siyosati samarasida bizlar mana shunday tinch osoyishta va dorulomon bir yurtda, zamonda yashamoqdamiz. Hech bir qo‘rquvsiz tunlari uyquga ketyapmiz. Va kunduzlari omonlikda hayot kechirmoqdamiz. Saodatli, fayzli kunlarga musharraf bo‘lib turibmiz. Bugun yoshlarga barcha imkoniyatlar eshigi keng ochildi. Zamonaviy o‘quv muassasalari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun musiqa maktablari-yu sport majmualaribarpo etilgan, turli to‘garaklar ochilgan, bularga boqib ko‘zlarimiz quvonadi. Zero, osoyishta yurtda yuksalish bo‘ladi, farovon eldan xotirjamlik ketmaydi. Buyuk davlat barpo etish yo‘lida ajdodlarimizning tinchlik uchun qilgan fidoiyliklari va sayi harakatlarini ham yoddan chiqarmasligimiz lozim.

Muqaddas dinimiz ham kishilarni tinchlikni asrash va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida iymon,insof, hamjihatlik, adolat va birdamlik bilan harakat qilishga, fitna va o‘zaro adovatga barham berishga chaqiradi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, tinchlikparvarlik islom dinining mohiyatini tashkil etadi.

Alloh taolo o‘zining kalomi bo‘lmish Qur’oni Karimda insonlarni tinchlikka chaqirib shunday deydi: “Ey, mo‘minlar, tinchlikka batamom kiringiz, shayton yo‘llariga ergashmangiz. Zero, u (shayton) sizlarga ochiq dushmandir” (“Baqara” surasi, 208-oyat). Oyati karimadagi tinchlikka batamom kiringdeyilganda, musulmonlarga o‘zaro tinch-totuvlikda YAshash buyurilmoqda. Shubilan bir qatorda boshqa xalqlar, din vakillari bilan ham xotirjam umrguzaronlik qilish, shaytonning yo‘li bo‘lgan urush-janjal, nizoda bo‘lmaslikka chaqirilmoqda.

Shu ma’noda Alloh taolo boshqa bir oyatda marhamat qilib aytadiki:

“Bordi-yu, tinchlikka moyil bo‘lsalar bas siz ham unga (tinchlikka) moyil bo‘ling va Allohga tavakkul qiling ” (“Anfol” surasi, 61-oyat).

Bir hadisi sharifda Anas ibn Molikdan (roziyallohu anhu) bunday rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytdilar: "Ey Anas! Alloh taolodan dunyo va oxiratda tinchlik va omonda bo‘lishni so‘ragin. Zero, senga dunyo va oxiratda tinch va omonda bo‘lish berilsa, najot topibsan". Ha, albatta, tinch yurtda xotirjamlik qaror topadi, farzandlar emin-erkin kamolga etadi, jamiyat har tomonlama yuksaladi.

Tinchlik – farovonlikning muhim omili ekanligini tarixda bo‘lib o‘tgan ko‘plab voqealarni yodga olishimiz mumkin. Eng avvalo tinchlik nematini Janob Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning siyratlaridan yodga olsak.

Rasululloh (s.a.v) qariyb o‘n uch yil o‘z tug‘ilgan yurti Makkai Mukarramada hamda olti yil Madinai Munavvarada islomga chaqirib, bu vaqt ichida qanchadan – qancha zahmatu aziyatlar chekib, umra qilishlik uchun kelmoqchi bo‘lganlarida u zot(s.a.v) bilan birga muhojir va ansorlardan bo‘lgan1400 sahoba (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) yo‘lga otlangan edilar. Ammo Makka mushriklari Sarvari koinot (s.a.v)va ashoblarini umra ziyoratidan qaytarish ila zohiran musulmonlarga zarardek ko‘ringan bir necha bandlik Hudaybiya sulhi tuziladi. Unga ko‘ra 10 yil muddatga o‘rtada tinchlik shartnomasi imzolanadi. Shundan so‘ng Rasululloh (s.a.v) turli iqlim podshohlariga maktub yozib, elchilar yuboradilar. Islom diniga davat qiladilar. Hijratning 7-yili Haybarni fath qiladilar. O‘rtadagi tinchlik tufayli Islom dini tarqalib, ko‘plab xalqlar musulmon bo‘ladilar.Hudaybiya sulhiga 2 yil to‘lmasdan mushriklar shartnoma bandlaridan birini buzish ila o‘rtadagi sulh bekor bo‘ladi va Janob Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bilan birga Makkani fath etish uchun 10 ming kishilik jamoa keladi.

Bundan o‘zimizga xulosa oladigan bo‘lsak, urush – jadallar ichra o‘tganislomning ilk 19 yilida musulmonlardan atiga 1400 kishi Rasululloh (s.a.v) bilan birga kelgan bo‘lsalar, 2 yil tinchlikdan so‘nggi holatdan o‘zingiz xabardor bo‘lib turibsiz. Tinchlik bor joyda osoyishtalik, baraka va rivojlanish bo‘ladi. Yurt tinchligi - Vatan ozodligi va istiqloli bilan chambarchas bog‘liq. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, millatlararo totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrash eng katta vazifalarimizdandir. Binobarin, chorak asrdan ziyod bo‘lgan mustaqil taraqqiyotimiz yo‘lida elu yurtimiz boshdan kechirgan og‘ir sinovlarni yoddan chiqarmasligimiz, mustaqilligimizni, tinch-osoyishta hayotimizni asrash uchun har birimiz doimo kurashib yashashimiz lozim. SHunday ekan, Alloh ustimizga yog‘dirib qo‘ygan tinchlik-eminlik ne’matining qadriga etaylik. G‘arazli kimsalarning aldoviga uchib, tashviqotlariga ilinib qolmaylik. Ana shunda, Yaratgan va’da qilganidek, ne’matlarini ziyoda qilaveradi. Mamlakatimiz taraqqiyoti va rivojlanishi bundanda ortibboraveradi.

Xayrulloh QURBONOV,

Xoja Buxoriy nomli o‘rta maxsus islom

bilim yurtining 4-kurs talabasi

Muallif: Админ
Sana: 24.02.2018
652
41

O’zbekiston! Bugun bu nom boshqacha yangraydi. Bugungi kunda yanada gullab yashnayotgan yurtimizda olib borilayotgan ishlarniqo’l bilan sanab oxiriga etolmaysan kishi. O’zgarishlar nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy sohada bo’layotganligi, balki muqaddas Islom dinimizning hamrivojlanishi yo’lidagi islohotlar qalblarga masrurlik keltiradi. Shunday ishlardan biri, yoshlardan tortib keksalargacha, olimlardan to oddiy xalq vakillarining ham “rekordlar kitobchasiga” o’yib yozilgan Prezidentimizning Qorilar musobaqasini o’tkazish bo’yicha bergan takliflari butun xalqimizni xursand qildi. Buningbarokatidan guvoh bo’layotganimizdek “Qorilar musobaqasi” ning shahar va tuman bosqichlari o’tkazilib, viloyat hamda madrasa talabalari o’rtasidagi bosqichlari Allohning inoyati ila davom etmoqda. Musobaqaning fayzi o’zgacha, ishtirokchilarni ko’rib kishining qalbida o’zgacha hislar paydo bo’ladi... Ustozlarimizning: “Talaba doimo yaxshilikka chanqoq, ezguliknio’zi istovchi va uni boshqalarga ulashuvchi bo’lishi lozim” degan nasihatlari o’laroq bu muborak musobaqada ishtirok etayotgan yurtdoshlarimmzning dunyoda martabalari ziyoda bo’lib, Allohning huzurida esa benihoya sharafga ega bo’lishlari uchun bir yaxshilikni ilindik.

Bundan bir necha yillar avval arab davlatlari o’rtasida o’tkazilgan “Yosh qorilar” musobaqasida g’olib bo’lgan taxminan 7 yoshdagi qori bolaning musobaqa taassurotlari va g’oliblikning siri haqidabo’lgan suhbatidan ancha ibrat olgan edik. Bolakayning yosh holida bunday katta yutuqlargaqanday erishiganini so’ralganida “Men musobaqaga astoydil tayyorlanish bilan birga Allohdan faqat bir narsani so’radim. Buduo g’olib bo’lish istagi emas edi. Men ishtirokim davomida ham faqat AllohningKalomi sharifini noto’g’ri o’qib qo’ysam U zotning huzurida nima deb javob beraman deb, adashtirib qo’ymasligini astoydilso’radim. Borlig’im Allohning huzurida O’ziningKalomi haqida so’ralganimda sharmanda bo’lishlikdan cho’chib turdi” degan mazmundagi gaplarni aytgan edi.

Musobaqalarimizda ishtirok etayotgan hofiziQur’on bo’lgan yosh qori ishtirokchilarimizga Qur’oni Karimni xatoga yo’l qo’ymay o’qib, go’zal yutuqlarni qo’lga kiritish bilan birga Alloh azza va jallaning huzurida yuzlari yorug’ bo’lishligini so’rab qolamiz.

Toxtaev Ilhomjon,

Xoja Buxoriy o’rta maxsus

islom bilim yurti 1-kurs talabasi

Muallif: Админ
Sana: 21.02.2018
589