Abiturientlar uchun
159

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kitob shahar “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus Islom bilim yurti 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi.

Mazkur bilim yurtiga “O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf bazasida) tamomlaganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma (attestat) yoki akademik litsey, kasb-hunar kolleji diplomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.
Hujjatlar 2018 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha qabul qilinadi.
Qabul kvotasi 30 nafar.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
- qabul hay’ati raisi nomiga ariza;
- umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tugatganligi haqida hujjat (diplom) asl nusxasi;
- U-086-shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi);
- 6 dona rangli fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);
- yashash joyidan ma’lumotnoma;
- yashash joyidagi masjid imom-xatibidan tavsiyanoma;
- harbiy xizmatga aloqadorligi haqida hujjat (asli);
- hujjatlar uchun 1 dona delo va konvert.

Qabul imtihonlari quyidagi fanlardan bo‘lib o‘tadi:
- Ma’naviyat va ma’rifat (og‘zaki, ijodiy imtihon);
- Xorijiy til (test sinovi);
- Tarix (test sinovi)

IZOH: Qabul imtihonlari topshiriladigan fanlardan beriladigan savollar umumiy o‘rta ta’lim dasturi o‘z ichiga olgan mavzulardan iborat bo‘ladi.

Manzil: Qashqadaryo viloyati Kitob shahri “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus Islom ta’lim muassasasi

Tel: (0375) 54-27-425;

Muallif: Админ
Sana: 25.06.2018
653

Eng ko'p o'qilgan Abiturientlar uchun